Joriy yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda

Joriy yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda

Prezidentga taqdim etilgan taqdimotda 2026-yilda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilayotgani ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shu munosabat bilan bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Unda ta’kidlanganidek, 2026-yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Soʻnggi yillarda yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish koʻlami sezilarli kengaygani tufayli mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchilar soni ham ortib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ularning bandligini taʼminlashda bitiruvchilar bilan individual ishlash, ularni iqtisodiyot tarmoqlaridagi boʻsh ish oʻrinlariga yoʻnaltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, oliygohlarda karyera markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bitiruvchilarning tadbirkorlik loyihalarini imtiyozli shartlarda moliyalashtirish boʻyicha “Kelajakka qadam” dasturi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, uning doirasida 2025-yilda 6 mingdan ortiq loyihalar uchun 378 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Buning natijasida 8 ming nafarga yaqin bitiruvchilarning bandligi taʼminlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Taqdimotda 2026-yilda 8 mingdan ziyod loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish, 10 mingga yaqin yoshlarni band qilish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur dasturni unda ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha moliyaviy imkoniyatlar taqdim etish orqali yanada kengaytirish taklif etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, “TalabaExpo-2026” kasb koʻrgazmalarini ish beruvchi tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini faol jalb etgan holda respublikaning boshqa hududlarida ham samarali tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bitiruvchilar bandligini taʼminlashda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, yirik xoʻjalik birlashmalari masʼuliyatini oshirish muhimligi qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Barcha jarayonlar bandlikka koʻmaklashuvchi “career.edu.uz” platformasi orqali monitoring qilinib, bandlikni taʼminlash masalasi mahalliy hokimliklar darajasigacha tushiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Natijada bitiruvchilar bilan ishlashning vertikal tizimi yoʻlga qoʻyiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, talabalarni ish bilan band qilishda oliygoh darajasida ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi mexanizmlar taklif qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Jumladan, barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilib, natijadorligiga qarab ragʻbatlantirib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Markazlar faoliyati “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholanib, eng yuqori natija koʻrsatgan 20 ta oliygohning karyera markazlariga 500 million soʻmdan ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Joriy yilda oliygoh miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkalari hamda har bir yoʻnalish kesimida mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar (vorkshoplar) tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab talabalarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularni biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida barcha oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fanini oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, oliygohlarda talabalarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, tashkil etiladigan spin-off korxonalariga talabalarni jalb etish, kafedralarning tegishli tarmoq korxonalarida filiallarini ochish, bitiruv loyihalari himoyasini ish beruvchi korxonalarda oʻtkazishni kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Aniq buyurtma, moslashuvchan dasturlar asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual taʼlim shaklini ham yoʻlga qoʻyish tashabbusi bildirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bunda talabgorlarni dasturga qabul qilish, toʻlov-kontrakt miqdorini belgilash ish beruvchi hamda oliygoh oʻrtasida oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshirilib, buyurtmachi talaba oʻqishni tamomlaganidan soʻng uni ish bilan taʼminlashga kafolat beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Taklif qilingan chora-tadbirlar ijrosini sifatli tashkil etishda oliygohlar rahbariyatining masʼuliyatini oshirish, ularning “KPI” koʻrsatkichlarida bitiruvchi bandligining taʼminlanganini asosiy mezon sifatida belgilash zarurligi qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Prezident mutasaddilarga bitiruvchilar bilan ishlashni samarali tashkil etish, bildirilgan tashabbuslarni puxta ishlab chiqish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish yuzasidan topshiriqlar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠