Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 8 yoshli bola YTH oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Ma’lum bo’lishicha, hodisa 23-yanvar kuni M-41 avtomobil yo‘lining Termiz tumani Qoraxon mahallasidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Damas avtomobili Termiz-Sho‘rchi yo‘nalishida harakatlanib kelib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda tumandagi 17-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
YHXB xabariga ko‘ra, holat yuz bergan mahallada YPX mutasaddilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda haydovchilar, ota-onalar va o’qituvchilar hushyorlikka chaqirilgan.