Majburiy formaga pul yig’ishni talab qilgan maktab direktori holat bo’yicha izoh berdi (video)

Majburiy formaga pul yig’ishni talab qilgan maktab direktori holat bo’yicha izoh berdi (video)

Qashqadaryoda maktab direktori o‘quvchilarga majburiy forma qildirish, ota onalardan 70 ming so‘mdan olish kerakligini talab qilganligi haqida video tarqalgandi. 

 

 

Natijada maktab direktori F.Sh. ga nisbatan boshqarma boshligʼining 2025 yil 22-yanvardagi tegishli buyrugʼiga asosan oʼrtacha oylik ish haqining yigirma besh (25%) foiz miqdorida “Jarima” intizomiy jazo chorasi qoʼllanilgan.

 

 

Shundan so’ng, maktab direktori holatga izoh bergani tasvirlangan video tarqaldi. Unda, holat bo’yicha uzr so’rashini, lekin bu tashabbus ota-onalardan chiqqanligi va tabaqalanishni oldini olish uchun qilinganini ta’kidlagan.