2025-yilda tugʻilgan bolalar yangi — “beta” avlodning birinchi vakillariga aylanadi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.
Kelgusi 15-yil — 2025–2039-yillarda tugʻilganlar “beta” avlodga mansub boʻladi.
«Beta” avlod sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotga toʻliq tatbiq etilgan davrda yashaydi. Shuning barobarida, bu avlod iqlim oʻzgarishlari, global migratsiya va shiddatli urbanizatsiya (shaharlashish) kabi jiddiy ijtimoiy muammolarni ham boshdan oʻtkazishiga toʻgʻri keladi – deydi Futurolog Mark Makkrindl
- 1965–1980-yillarda tugʻilganlar — X avlod;
- 1981–1996-yillar — Y avlod;
- 1997–2010-yillar — Z avlod (yoki zumerlar);
- 2010–2024-yillar “alfa” avlod.
*Izoh: avlodlar chegarasini koʻrsatuvchi yillar borasida turli manbalarda tafovutlar bor.
