Surxondaryolik o‘qituvchi bir oylik maoshini muhtoj oila farzandlariga sarfladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Dildora Musayeva ma’lum qilgan.
Ma’lum bo’lishicha, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lgan Latofat Ismatova 10 million so‘mga yaqin maosh oladi.
U “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bir oylik maoshini 6 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga 1 million so‘mdan tuhfa qilib, qolganiga ularga bayram sovg‘alarini ulashganligi ta’kidlangan.