Buxgalter oyliklarni qasddan kam chiqarsa, unga nisbatan qanday chora ko’riladi?

Mehnat kodeksi 244-moddasida ish beruvchi o‘z moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyati mustahkamlangan.

 

Bundan tashqari, mazkur qonunga asoslanib,

 

 

– mehnatga natura shaklida haq to‘lanishini cheklash;

 

 

– ish haqini to‘lash tartibi va muddatlariga doir talablarni tartibga solish;

 

 

– normal ish sharoitlaridan chetga chiqadigan sharoitlarda ishlaganlik (ish vaqtidan tashqari, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari, tungi vaqtda ishlash) uchun mehnatga haq to‘lashning kafolatlangan miqdorlarini belgilash;

 

 

– mehnatga haq to‘lash sohasida kamsitishni taqiqlash;

 

 

– teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng miqdorda haq to‘lanishini ta’minlash;

 

 

– xodimlarga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash.

 

 

Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda qonunchilikda belgilanganiga nisbatan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

 

Mehnat kodeksi 248-moddasida ish haqi asosiy (bazaviy) va qo‘shimcha (o‘zgaruvchan) qismlardan iborat ekanligi qayd etilgan.

 

Bunda ish haqining qo‘shimcha (o‘zgaruvchan) qismini qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, shuningdek mukofotlar va kompensatsiya yoki rag‘batlantirish xususiyatiga ega boshqa to‘lovlar tashkil etadi.

 

Mehnat kodeksining 319-moddasiga binoan, ish beruvchi xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda unga yetkazilgan ziyonni qoplashi shart.

 

Shuningdek, xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;

 

 

– xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;

 

 

– xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda;

 

 

Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.

 

Mehnat kodeksining 560-moddasida boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oy muddatda sudga da’vo qilish mumkinligi belgilangan.

 

Ish haqi undirish boshqa turdagi mehnat nizolari yuzasidan fuqarolik sudiga ish haqi undirish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilish lozim. Shuningdek, bu holatda tuman adliya bo‘limiga ham murojaat qilish mumkin. Agar ish haqini kamaytirishda buxgalterning aybi bo‘lsa, unga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkin.

➖ Xususan, uning harakatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры