Mobil ilovalarning o‘qishdagi muvaffaqiyat va ish haqiga salbiy ta’siri o‘rganildi — tajriba

Xitoy va AQSh olimlari talabalarning mobil ilovalar foydalanishiga sarflagan vaqtlarini ularning o‘qish natijalari va bitiruvdan keyingi boshlang‘ich ish haqi darajasi bilan bog‘liq bo‘lganligini aniqladilar. Ushbu tadqiqot AQShning notijorat tashkiloti – «Milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi» saytida chop etildi.

 

 

Tadqiqot qanday o‘tkazildi?

 

 

Olimlar ikki turdagi ma’lumotlar to‘plamidan foydalandilar:

 

1. 2018 – 2020 yillarda Xitoydagi bir universitetning birinchi kurs talabalari haqidagi ma’muriy yozuvlar (ushbu talabalar 2022 – 2023 yillarda o‘qishni tamomlagan);

 

2. shu provinsiyada joylashgan yirik telekommunikatsiya xizmatlari provayderidan 2018 – 2021 yillar oralig‘idagi mobil telefonlardan foydalanish haqida batafsil ma’lumotlar.

 

 

Chunki mobil raqamni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi, shuning uchun provayderning ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar 6430 talabaga tegishli ma’muriy ma’lumotlar bilan bog‘lash imkoniyati bo‘lgan.

 

 

Mobil telefondan foydalanish haqidagi ma’lumotlar ilovalardan foydalanish bo‘yicha kundalik yozuvlarni o‘z ichiga oladi.

 

 

Tahlil uchun ushbu ilovalar oltita turga bo‘lingan: o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar.

 

 

Bundan tashqari, provayder yig‘gan ma’lumotlar asosida foydalanuvchilarning joylashuvi ham tahlil qilingan: talabalarning o‘quv binolari, yotoqxonalar va boshqa joylar (masalan, sport zallari, ko‘ngilochar maskanlar, do‘konlar va hokazo) bo‘ylab harakati hisobga olingan.

 

 

Aniqlangan natijalar

 

 

Talabalar o‘rtacha oyiga 92,9 soat vaqtni turli xil mobil ilovalarga sarflashgani ma’lum bo‘ldi. Shundan:

 

 

– ijtimoiy tarmoqlar uchun – 33,4 soat;

 

– videolar uchun – 22,4 soat;

 

– o‘yinlar uchun – 12,1 soat;

 

– yangiliklar uchun – 9,9 soat;

 

– xaridlar uchun – 9,3 soat;

 

– boshqa ilovalar uchun – 5,8 soat.

 

 

 

GPS ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, ilovalardan ko‘p foydalanadigan foydalanuvchilar kamroq vaqtni o‘quv xonalarida o‘tkazgan va ma’ruzalarga kechikkan yoki umuman qatnashmagan.

 

 

Ilovalardan tez-tez foydalanish talabalarning natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Ilovalardan foydalanishning bitta standart og‘ishiga ortishi talabalarning o‘rtacha bahosini 36,2% ga kamaytirgan va boshlang‘ich ish haqini 2,3% ga pasaytirgan.

 

 

Bundan tashqari, tadqiqotchilar ekran vaqtining yotoqxonadagi qo‘shnilarining mobil ilovalardan faol foydalanishi bilan ham ortganini aniqlashdi. Ya’ni, ilovalarga qaramlik bir ma’noda “yuqumli” bo‘lib chiqqan. Hatto qo‘shnilarning telefonlardan ko‘p foydalanishi talabalar bahosi va boshlang‘ich ish haqiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan.

 

 

Olimlar fikriga ko‘ra, 2021 yilda voyaga yetmaganlar uchun joriy etilgan cheklovlarga o‘xshash choralar (masalan, onlayn o‘yinlarni haftasiga atigi 3 soatga cheklash) talabalarning boshlang‘ich ish haqlarini kamida 0,9% ga oshirishi mumkin edi.

 

 

Norvegiya va Rossiya tajribasi

 

 

Bungacha Norvegiyada maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqlashning o‘qish natijalariga ta’sirini o‘rganishgan edi. Rossiyada maktablarda telefonlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun o‘tgan yilning dekabrida qabul qilingan. Ammo umuman olganda, bolalar va o‘smirlar uchun ekran vaqtini cheklash bo‘yicha jiddiy qonunchilik tashabbuslari yo‘q. Shunga qaramay, Rossiya maktab o‘quvchilari ham gadjetlardan ko‘p foydalanadi va bu nutq, e’tibor, xotira rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, klipoviy tafakkur shakllanishiga olib kelishi mumkin.

 

 

Ma’lumot o’rnida, klipoviy tafakkur — bu insonning axborotni qisqa, kesik-kesik epizodlar shaklida qabul qilishiga moyilligi bilan tavsiflanadigan tafakkur shakli.

 

 

Shuningdek, maktablarda mobil telefonlarni taqiqlash haqidagi qonun qabul qilinganidan keyin Rossiya rektorlar ittifoqi darajasida bu qarorni talabalar orasida ham qo‘llash kerakmi, degan masala muhokama qilingan. Ammo ushbu g‘oya turlicha qabul qilingan. Masalan, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti rektori bunday chorani ortiqcha deb atadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры