Xabar berilganimizdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglarini malaka sinovlaridan oʻtkazish sanalari belgilangan edi.
Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlariga oʻzgartirish kiritildi. Xususan:
11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
13-noyabrda oʻtkazilishni belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.