Voyaga yetgan kvadroberlar mayda bezorilik uchun 15 sutkagacha qamoqqa olinishi mumkin

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkinligini ma’lum qildi. IIV Jamoat xavfsizligi departamentiga ko‘ra, 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan kvadroberlik harakatlari mayda bezorilik sifatida baholanadi.

 

Agar kvadroberlar boshqa shaxslarga tashlanish yoki ularning harakatlanishiga to‘sqinlik qilish kabi xatti-harakatlar bilan fuqarolarga noqulaylik tug‘dirsa, jabrlanganlar ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Bunday holatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ish ochilishiga asos bo‘ladi.

 

Shu bilan birga, mazkur moddaga ko‘ra, kvadroberlik bilan shug‘ullangan shaxslar BHMning 3-5 baravarigacha (1 125 000 so‘mdan 1 875 000 so‘mgacha) jarimaga tortilishi yoki 15 sutkagacha qamoqqa olinishi mumkin.

 

IIV axborotida so‘nggi vaqtlarda yoshlar orasida kvadrober submadaniyatining tarqalayotgani ta’kidlangan. Bu submadaniyat vakillari hayvon qiyofasidagi aksessuarlar taqib, o‘sha jonzot xatti-harakatlarini takrorlashga urinishmoqda. Oktabr oyida Toshkent shahrida bir necha kvadroberlar aniqlangan bo‘lib, ularning biri ko‘chada itga taqlid qilib yo‘lovchilarga hujum qilgani xabar qilingan.

 

Shuningdek, ota-onalarga bolalar tarbiyasidagi mas’uliyatlari haqida eslatilib, voyaga yetmaganlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilishi jarimaga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Mazkur ogohlantirishlar IIV tomonidan kvadroberlar submadaniyati xavfidan xabardor qilish va jamoat tartibini saqlash maqsadida e’lon qilindi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры