“Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi

15 oktyabr soat 10:00 da “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish berish jarayoni boshlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2025 yilgi davlat investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi ovoz berish orqali jamoatchilik tomonidan tanlanadi.

 

Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilagan ro‘yxat asosida respublika bo‘yicha 451 ta bog‘cha ovozga qo‘yilgan. Ajratilgan budjet – 397,6 mlrd so‘m.

 

Ovoz berish jarayoni 25 oktyabr 10:00 gacha davom etadi. Xuddi “Tashabbusli budjet” kabi, “Mening bog‘cham”da ham “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyiliga amal qilinadi.

 

Loyihalarga uch xil yo‘l bilan ovoz berish mumkin:

–  opedbudget.uz portalining veb-sayti orqali;

 

–  portalning mobil ilovasi orqali (AndroidiOS);

 

–  Telegram’dagi rasmiy bot orqali.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры