Raqamli pul va Kriptovalyutaning O’zbekiston bank tizimiga ta’siri

Annotatsiya. Maqolada Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi yangi tushunchalarni paydo bo’lishiga olib keldi. Tadqiqot “raqamli pul” tushunchasini ilmiy muomalaga kiritishga bag’ishlangan. “Raqamli pullar” tushunchasini talqin qilish bo’yicha ilmiy nashrlar vatadqiqotlar tahlil qilinadi, undan foydalanishning turli sohalari, ayniqsa tijorat banklarida qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

 


Tayanch so’zlar: raqamli aktiv, kriptovalyuta, blokcheyn, mayning,tarqatilgan ro’yxatga olish kitobi, iqtisodiy, huquqiy, qiymat, axborot resursi.

 

Kirish

 

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida virtual axborot-kommunikatsiya muhiti ijtimoiy voqelikning ajralmas qismiga aylandi, natijada jamiyat yangi paradigmaga duch keldi: axborotlashtirish (kompyuterlashtirish) jarayonidan raqamlashtirish jarayoniga o’tildi. Bank-moliya sektori odatdagi iqtisodiy tuzilmaning o’zgarishiga birinchi bo’lib munosabat bildirdi: to’lov sohasida sifat jihatidan yangi hisob birligi paydo bo’ldi, innovatsion mexanizmlar va tuzilmalar yaratildi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi olimlar va iqtisodchilar tomonidan o’rganilayotgan raqamli aktivlar, axborot texnologiyalari va moliya sohasi kesishmasida vujudga kelgan “kriptovalyuta”, “steyblkoin”, “raqamli pullar”, “raqamli valyuta” kabi tushunchalarni o’zida mujassamlashtirdi.

 

 

Dastlab 2009-yilda paydo bo’lgan kriptovalyuta Bitcoin bo’lib bugungi kunda uning dunyo bo’ylab 10 mingdan ortiq turi mavjud.

 

 

Kriptovalyuta – bu raqamli pul, uni jismonan sezib bo’lmaydi, chunki ular faqat foydalanuvchining kriptovalyutasi qanchalik ko’pligi va uni qayerga o’tkazishi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan elektron reestrlarda saqlanadi. Bu reestrlar blokcheynlar deb ataladi va ularni buxgalteriya hisobi bilan solishtirish mumkin. Blockcheyn bitta qurilmada saqlanmaydi, balki tarmoqning barcha ishtirokchilariga yuboriladi, bu uning barcha hujayralarini tekshirishga va noto’g’ri bo’lganlarni o’chirishga imkon beradi, bu esa blokcheyn tizimini ancha xavfsiz va anonim qiladi, chunki hamyonda shaxsiy ma’lumotlar saqlanmaydi.

 

 

Odatda, bir foydalanuvchi boshqa foydalanuvchi bilan kriptovalyuta operatsiyasini talab qiladi. Ushbu tranzaktsiya murakkab kompyuter tarmog’i orqali amalga oshiriladi. Kompyuter tarmog’i ushbu tranzaksiyani tekshiradi. Keyin ushbu tranzaksiya boshqa kriptovalyuta operatsiyalari bilan birlashtirilib, ma’lumotlarning “blokini” yaratadi. Keyin ma’lumotlarning yangi bloki barcha kriptovalyuta foydalanuvchilari kirish huquqiga ega bo’lgan “blokcheyn” deb nomlanuvchi kriptovalyuta operatsiyalarining mavjud ro’yxatiga qo’shiladi. Keyin tranzaktsiya tugallanadi.

 

 

Kriptovalyuta naqd ko’rinishdagi puldan farqli ravishda markaziy bank tomonidan nazorat qilinmaydi. Kriptovalyuta orqali amalga oshirilgan to’lovlar qonuniy himoyalanmagan. Shunday qilib, agar tranzaktsiyada biror narsa noto’g’ri bo’lsa, yordam beradigan bank yoki hukumat regulyatori yo’q. Bundan tashqari, kriptovalyuta qiymatlari o’zgaradi doimiy ravishda talab va taklifga asoslangan.

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 3832-sonli qaroriga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tartibga solinishi belgilangan.

 

 

Dunyo mamlakatlarida ushbu turdagi valyutalarni nazorat qilish turli xil nazorat organlariga yuklatilgan masalan Amerika Qo’shma Shtatlarida Xavfsizlik va ayirboshkash komissiyasi,Germaniyada Federal moliyaviy nazorat organi va Eronda Kriptovalyutaning har qanday ko’rinishiga taqiq qo’yilgan.

 

 

O’zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Kriptoaktivlarni AKB Kapitalbank va Octobank  bank kartalari orqali sotish yoki sotib olishga ruxsat berilgan.

 

 

O’zbekiston banklaridan farq qilmagan holatda boshqa mamlakat banklari ham raqamli pullarni ishlatishdan xavotirda. Buyuk Britanyada o’tqizilgan tadqiqotlarga ko’ra so’rovnamda ishtirok etgan  63 foiz bank xodimlari kripto valyutani xavfli deb e’tirof etgan. Buning sabablari qilib:

 

–  Bu xususiyatiga ko’ra banklar yoki moliya tashkilotlari mijoz va markaziy bank o’rtasida vositachilik qilmaydi.

 

–  Kripto valyuta narxi qisqa muddatda tez o’zgaruvchan.

 

 

Shunga ko’ra  raqamli aktivlar bo’yicha yo’l-yo’riq va tartibga solish juda past, ko’plab moliya institutlari kripto aktivlarni qabul qilishdan ehtiyot bo’lishadi. Kripto valyutaning xavfsizligi va barqarorligi bilan bog’liq xavotirlar ham banklarni ushbu makonga kirishiga to’sqinlik qiladi, ammo banklar ushbu texnologiyaning xavflaridan qo’rqish o’rniga, uning potentsial foydasiga qarashlari kerak.

 

 

Kriptokarta bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni avtomatik tarzda toʻlov valyutasiga aylantirish va butun dunyo boʻylab, oddiy Mastercard kabi tarzda, toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

 

Kriptokartalarning Oʻzbekistonda paydo boʻlishi uch tomonlama hamkorlik tufayli mumkin boʻldi: Uznex kriptobirjasi kriptovalyutalar operatsiyalarini qayta ishlaydi (shu jumladan konvertatsiyani ham), “Kapitalbank” ATB kriptokartalarni chiqaradi va ular bo’yicha xizmat koʻrsatadi, Mastercard esa toʻlovlarni amalga oshirish uchun platformani taqdim etadi.

 

 

Yuqoridagi raqamlar shundan darak beradiki, bank jadal rivojlanish va mijozga yo’naltirilganlik tamoyili asosida taklif etayotgan sifatli xizmatlari mijozlar tomonidan keng qabul qilinmoqda va bank mijozlari soni kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa mamlakatimiz bank-moliya tizimida yangi raqamli bank tendensiyasi boshlanganligidan darak beradi. Shu sababli hozirda an’anaviy faoliyat yuritayotgan banklar ham raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratishlari zamon talabiga aylanib bormoqda.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

 

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Murojaatnoma 2020-yil 25-yanvar

 

2. Khudoykulov, H. A., & Sherov, A. B. (2021). DIGITAL ECONOMY

 

3. DEVELOPMENT IN CORPORATE GOVERNANCE OF JOINT STOCK COMPANY. Экономика и бизнес: теория и практика, (3-2), 217-219.

 

4. Sherov, Alisher Bakberganovich , & Ruzmetova, Gulira’No Atabekovna (2022). O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM TIZIMI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA UNI MOLIYALASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (2), 264-270.

 

5. Blockchain revolution. Don Tapscott and Alex Tapscott.

 

6. uz O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.

 

7. uz O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.

 

 

 

Muallif: Xattobov.U.B ATB Kapitalbank mutaxassisi

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры