Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida maktab oʻquvchilarining oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Manbaga koʻra, YTH kecha, 2-oktyabr kuni erta tongda, soat taxminan 5:00-6:00 lar atrofida sodir boʻlgan. Tumanning Tojikent mahallasida yashovchi, hududdagi 27-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari ekani aytilayotgan ikki qiz repetitorga ketayotganida ularni mashina urib yuborgan.
Oqibatda oʻquvchi qizlarning ikkisi ham vafot etgan. YTHda qizlarning halok boʻlganini va ular Tojikent mahallasidan ekanini ushbu mahalla raisi tasdiqlagan.
Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari holatdan xabari yoʻqligini, boshqarma masʼullari bilan bogʻlana olmaganini maʼlum qilgan.
Holat yuzasidan haligacha rasmiy munosabat berilgani yoʻq.