Maktab tizimida oʻqituvchi oʻz imkoniyati va yutuqlarini eʼlon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi

Oʻtgan 5-yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan taʼminlangan. Bugungi yig’ilishda, kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanishi, bunga byudjetdan 400 milliard soʻm berilishi ma’lum qilindi.

 

Bu kompyuterlarga elektron taʼlim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil taʼlim olish imkoniyati oshadi.

 

Shuningdek, oʻquvchilar murrakab konsepsiyalarni oson oʻzlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar boʻyicha virtual laboratoriyalar tashkil etiladi. Yangi oʻquv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda tashkil etiladi.

 

Maktab tizimida oʻqituvchi oʻz imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini eʼlon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры