Oʻqituvchilar uchun qanday imtiyozlar bor?

Qonunchilikka koʻra, oʻqituvchilarda quyidagicha imtiyoz va qulayliklar belgilangan:

 

–  1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

 

–  bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

 

–  pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq toʻlanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.

 

–  pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

 

–  maktab oʻqituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

 

–  fan olimpiadasi gʻolibini tayyorlagan oʻqituvchilar ragʻbatlantiriladi.

 

–  oʻqituvchilar kasal boʻlib qolganida moddiy yordam beriladi.

 

–  olimpiada gʻolibi boʻlgan oʻqituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

 

–  oʻzi dars beradigan fani boʻyicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

 

–  “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi gʻolibi boʻlgan maktabga yarim milliard soʻm beriladi.

 

–  inklyuziv sinf oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

 

–  olis hududlarda dars berayotgan oʻqituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

 

–  matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga pul mukofoti beriladi.

 

–  koʻp yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

 

–  xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

 

–  Respublika fan olimpiadasi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar malaka toifasi bir pogʻona oshiriladi.

 

–  tibbiyot sohasi professor-oʻqituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.

 

–  taʼlim muassasalarining chet tillar fanlari oʻqituvchilariga oylik ustamalar beriladi.

 

–  oʻqituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры