Talabani ishga qabul qilmaslik mumkinmi? - Ta’lim xabarlari
Talabani ishga qabul qilmaslik mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, talabani ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish taqiqlanadi.

 

MKning 119-moddasiga binoan, ish beruvchilar ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishlari mumkin emas. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 49-moddasida ishga qabul qilmaslik yoki mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5-10 baravari miqdorida jarima solinishi belgilangan.

 

Agar ishga qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, murojaatchining talabiga binoan ish beruvchi uch kun ichida rad etish sabablarini yozma ravishda asoslab berishi kerak. Bu javob ishga qabul qilishga mas’ul shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.

 

Mehnat kodeksining 120-moddasiga muvofiq, agar ishga qabul qilmaslik qonunga zid deb hisoblasangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish va yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun sudga murojaat qilish huquqingiz bor. Bu holatda, ishga qabul qilmaslikning qonuniyligini isbotlash ish beruvchining zimmasiga yuklanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры