AKFA UNIVERSITETI - Ta’lim xabarlari
AKFA UNIVERSITETI

Toshkentdagi Akfa xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Akfa xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Akfa Medline” MCHJ tashabbusi asosida 2019 yilda tashkil etilgan.

Universitetga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolardan maktab yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasini tamomlaganligi haqidagi hujjati hamda IELTS yoki TOEFL sertifikatlari talab qilinadi. Shuningdek, hujjat topshiruvchi abituriyent eng kam 6.0 ballik IELTS sertifikatiga ega bo‘lishi, bundan tashqari, kirish imtihonlarida kimyo, biologiya va matematika fanidan 20 ta savolli yozma ish topshirishlari kerak bo‘ladi.

Universitetda xorijdan kelgan malakali professor-o‘qituvchilar dars beradi. O‘quv jarayonlarining barchasi ingliz tilida olib boriladi. Akfa universitetida ta’lim 6 yil muddatni tashkil etadi. Bu jarayon 2 yillik tibbiy tayyorlov kurslari va 4 yillik tibbiy kurs dasturlarni o‘z ichiga olgan.

Akfa universiteti Janubiy Koreyaning Ganjon universiteti bilan hamkorlikda uning andozasida tashkil etilgan.

Litsenziya raqami: ОТ 0016

(Yuklab olish)

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры