So’nggi yangiliklar
Til bilish imtihoniga qatnasha olmaganlar to’lovni uydan chiqmasdan qaytarib olishlari mumkin (mi)?
Attestatsiyadagi texnik nosozlik sabab o‘qituvchilar uzoq vaqt zalda qolib ketgan
Ayrim o‘qituvchilar kech soat 21:00 da testdan chiqqanligini aytmoqda. Shuningdek, pedagoglar platformadagi nosozliklar sabab ba’zi savollar avtomatik tarzda belgilanib qolganiga ham guvoh bo‘lishgan.
O‘quvchilarni samorez va igna sanchib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Murojaatda ota-onalar o‘qituvchi bolalar qo‘lining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.
Pedagoglarning attestatsiyasida test savollari aks etgan suratlar tarqaldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati esa vaziyatni batafsil o‘rganib, yaqin orada rasmiy munosabat e’lon qilinishini bildirdi.
Keyingi yildan abituriyentlar o‘qishga kirish uchun 2 bosqichda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin
Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi Jamshidbek Odilov Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Hozirgi tizim bo‘yicha abituriyentlar dastlab 1 oy muddat davomida OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishadi. Bunda ular 5 ta ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakllarini tanlaydi. Lekin abituriyent […]
Tuman hokimi maktab yerini sotishni taklif qildi
Tuman hokimining maʼlum qilishicha, litsey hududidagi 27,5 sotixli uchta boʻsh yer uchastkasini (1 sotix uchun 65 ming dollar) auksion orqali sotish yoʻli bilan 22,5 mlrd soʻm jalb qilish kutilmoqda. Savdodan tushgan mablagʻni mahallani obodonlashtirish, maktabni taʼmirlashga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Toshkentda O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi
Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda.
“Aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi taminlanadi” – Farg‘onada o‘qituvchining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi
Farg’ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi Toshloq tumanidagi 25-sonli maktab o‘qituvchisining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 1-aprel kuni maktabning 9 -sinf oʻquvchisi X.S. soat 11.00 larda yaʼni katta tanaffus vaqtida ushbu maktabning 7-sinf oʻquvchisi M.D. ning yuz qismiga sport toʻpini uloqtirganligi boʻyicha, tarix fani oʻqituvchisi O.Mamajonov 9-sinf oʻquvchisini chaqirib qoʻli bilan uni turtgan holda […]
“Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!” – Hilola Umarova pedagoglar attestatsiyasi oldidan o‘qituvchilarga murojaat yo‘lladi
“Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!” – deyiladi murojaatda.
Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
O‘qituvchi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilikka borgan. Shundan so‘ng o‘quvchining qarindoshlari maktabga kelib, o‘qituvchi bilan ko‘rishmoqchiligini bildirgan va yuqoridagi holat ro‘y bergan.
Toshkent shahridagi 320-maktab hududi auksionga qo‘yilgani rostmi?
Vazirlikka ko‘ra, yer hech qanday auksionga qo‘yilmagan. Shayxontohur tuman hokimligi esa qo‘ng‘iroqlarimizni javobsiz qoldirdi.
Endi akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlarini onlayn bajarish mumkin
Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida onlayn diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda […]
Pedagoglar qanday holatlarda majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi?
Vazirlar Mahkamasining tegishli (23.03.2023-yildagi 120-son) qaroriga ko’ra, quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan: – pedagogik faoliyat bo’yicha 25 yil va undan ko’p ish stajiga ega pedagog xodimlar; – yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko’p bo’lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.