Farzandining ta’lim olishiga befarq bo‘lgan ota-onalarga nisbatan qanday chora ko‘riladi? - Ta’lim xabarlari
Farzandining ta’lim olishiga befarq bo‘lgan ota-onalarga nisbatan qanday chora ko‘riladi?

Ota-onalar dars vaqtida farzandining boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi va farzandining muntazam ravishda maktabga kelishini ta’minlashi shart.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim majburiyligi hamda 30-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari zarur, hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgarligi belgilangan.

 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi va bunday holatlarning sodir etilishi ota-onaga nisbatan qonunchilikda belgilangan miqdorda jarima solinishiga olib keladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры