Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

 

– O‘z xohishiga binoan;

 

– O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

 

– O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

 

– Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

 

– O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);

 

– Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

 

– Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

 

– Vafot etganligi sababli.

 

Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga akademik ta’til berilishi mumkin.