Kollej va texnikumlarda qo‘shimcha qabul ochildi – vazirlik

Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim

 

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

 

–  bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;

 

–  abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;

 

–  kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;

 

–  my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

 

Muhim! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.

 

 

Eslatma! Qabul davom etayotganligi munosabati bilan kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры