Nurotadagi maktabda o‘qituvchi sotuvchisiz “Vijdon do‘koni” ochdi

Nurotadagi maktabda o‘qituvchi sotuvchisiz “Vijdon do‘koni” ochdi

Bunda öquvçilar istagan narsalarini sotib olib, pulini maxsus qutiga taşlab ketişadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Loyiha muallifi “Yil öqituvçisi” tanlovida ğolib bölgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Temirquvuq qishlog‘ida joylashgan 32-umumta’lim maktabi tarbiya fani o‘qituvchisi Feruz Qobilov maktabda maxsus “Vijdon do‘koni” ochdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Yuz.uz nashri xabar bermoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Do‘konda daftar, ruchka va boshqa o‘quv qurollari joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning o‘ziga xos jihati shundaki, xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan sotuvchi yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘quvchilar o‘zlariga kerakli mahsulotni olib, belgilangan pulni maxsus qutiga tashlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mahsulotga pul to‘lamay olib ketishga qarshi chora ishlab chiqilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda har bir o‘quvchining halolligi va vijdoniga ishoniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Feruz Qobilovning aytishicha, loyiha g‘oyasi Shveysariya, Germaniya va boshqa davlatlardagi shunga o‘xshash tajribalarni o‘rganish jarayonida paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U ushbu tashabbusni maktab sharoitiga moslashtirib, o‘quvchilar orasida sinovdan o‘tkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastlab ayrimlar bunday do‘kon o‘qituvchiga moddiy zarar keltirishi mumkinligini takidlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq Feruz Qobilovning aytishicha, loyihaning asosiy maqsadi daromad olish emas, balki bolalarda halollik, ishonch va o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Feruz Qobilov 2026-yilda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘olib bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tanlovning yakuniy bosqichida u “Vijdon do‘koni” loyihasini taqdim etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, pedagog Prezident bilan uchrashgan 14 nafar o‘qituvchi qatoridan joy olgan va o‘z tashabbusi haqida davlat rahbariga ma’lumot bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu o‘qituvchi 616 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, u “Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠