Bir damasda ikki damas: Sirdaryoda bog‘cha bolalari belgilangan me’yordan ortiq tashildi

Bir damasda ikki damas: Sirdaryoda bog‘cha bolalari belgilangan me’yordan ortiq tashildi

Sirdaryoda ikki nafar Damas haydovchisi bog‘cha bolalarini belgilangan me’yordan ortiq tashigani uchun to‘xtatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 2 nafar Damas avtomobili haydovchisi belgilangan miqdordan ortiq bog‘cha bolasini tashigani aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Haydovchilar tumandagi Yangiobod mahallasida o‘tkazilgan reyd tadbirida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Haydovchilardan biri mashinada taxminan 10 nafar bog‘cha bolasi borligini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ammo inspektor sanab ko‘rganida, mashina salonidagi oldingi qatorining o‘ziga 6 nafar bola sig‘dirilgani ma’lum bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur qoidabuzarlik holatlari yuzasidan haydovçilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ amaldagi yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda odamlarni tashish taqiqlanganligi belgilab qo‘yilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq Navoiyda ham Damas’da 33 nafar xususiy bog‘cha bolasi tashilayotgani aniqlangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠