2026-yil boshidan buyon talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni bo‘yicha tuzilgan reytingda TDIU 18 ta holat bilan birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Toshkent kimyo xalqaro universiteti va Osiyo xalqaro universiteti ham joy oldi.
Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida talabalar tomonidan 369 ta jinoyat sodir etilgan. Bu haqida ‘‘Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash’’ Telegram-kanali o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyatlarning 8 tasi o‘lim holati bilan tugagan.
Shuningdek, talabalari eng ko‘p jinoyat sodir etgan oliy ta’lim muassasalari ham ma’lum qilingan bo‘lib, bu ro‘yxatda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yetakchilik qilmoqda.
Reytingga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga tegishli 18 ta jinoyat holati qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda 17 ta holat bilan Toshkent kimyo xalqaro universiteti, uchinchi o‘rinda esa 15 ta holat bilan Osiyo xalqaro universiteti joylashgan.
Shuningdek, Alfraganus universitetida 12 ta, Andijon davlat tibbiyot institutida 9 ta jinoyat holati qayd etilgan.
TOP-20 talik ro‘yxat quyidagicha:
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 18 ta;
- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti — 17 ta;
- Osiyo xalqaro universiteti — 15 ta;
- Alfraganus universiteti — 12 ta;
- Andijon davlat tibbiyot instituti — 9 ta;
- University of Business and Science — 8 ta;
- Renessans ta’lim universiteti — 8 ta;
- Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 8 ta;
- Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — 7 ta;
- Qarshi davlat texnika universiteti — 7 ta;
- Farg‘ona davlat texnika universiteti — 7 ta;
- Buxoro davlat universiteti — 6 ta;
- Sarbon universiteti — 6 ta;
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti — 6 ta;
- Navoiy innovatsiyalar instituti — 5 ta;
- Toshkent davlat texnika universiteti — 5 ta;
- Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti — 5 ta;
- Tashkent International University — 5 ta;
- Navoiy davlat universiteti — 5 ta;
- Jizzax politexnika instituti — 5 ta.
Avvalroq, Toshkentda 15–16 yoshli o‘quvchi qizlar o‘rtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etilgani haqida xabar bergan edik.
