Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan grant imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan grant imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Xorijiy va nodavlat oliygohlariga kirish uchun ajratilgan hamda Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun mo‘ljallangan maqsadli kvota doirasidagi imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

 

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va xususiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.

 

Bilimni baholash agentligining xabariga ko‘ra, test sinovlari joriy yil 28-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Talabgorlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada test sinovlari o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan. Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta asosida kiritiladi.

 

Shuningdek, talabgorlardan imtihonga elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, oziq-ovqat va boshqa ortiqcha buyumlarni olib kelmaslik so‘raladi.

 

Avvalroq, Prezident va nomli davlat stipendiyalari test natijalaridan norozi talabgorlarning apellyatsiya arizalari qabul qilingani haqida xabar berilgandi.