17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi

17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi

14 ta pedagogika va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

 

Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.

 

Qaror bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi:

 

–  yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;

– pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

–  pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;

– pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

– pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.

17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi