Oshirilgan yoʻl haqi, bepul chiptalar va imtiyozli kredit — oktyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgardi?

Oshirilgan yoʻl haqi, bepul chiptalar va imtiyozli kredit — oktyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgardi?

2026-yil 1-oktyabrdan boshlab respublikadagi bir qancha soha va tarmoqlarda oʻzgarishlar boʻldi. Ushbu maqolada oktyabrdan boshlab kuchga kirgan bir ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berilgan.

 

Toshkentda jamoat transportlarining yoʻl haqi oshirildi

 

Elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirilganda esa ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda QQS bilan – 2500 soʻm toʻlanadi.

 

Bir yoʻlovchi qatnovi uchun naqd pul orqali toʻlov amalga oshirilganda cheklangan tarif QQS bilan – 3000 soʻm undiriladi(narx oʻzgarishsiz qolgan).

 

Oʻzgarishlar talaba va oʻquvchilar uchun belgilangan taʼrif rejalari uchun ham amal qiladi.

 

Qogʻoz shaklidagi ayrim hujjatlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilindi

 

2026-yil 1-oktyabrdan boshlab fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida faoliyatni amalga oshiruvchilar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq toʻlaganda, ularga bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi.

 

Tennis boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi

 

1-oktyabrdan anʼanaviy tarzda tennis boʻyicha Oʻzbekiston kubogi, Respublika chempionati, “Uzbekistan open” xalqaro turniri, “ATP Challenger” xalqaro musobaqasini oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi.

 

Ayrim soha vakillariga teatr, kino va konsert tadbirlari uchun bepul vaucher beriladi

 

1-oktyabrdan har yili 500 ming nafar oʻqituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol oʻquvchi va talabalarga hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 mingta oilalarning 1 nafar farzandiga, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalarga teatr, kino va konsert tadbirlari uchun bepul vaucher beriladi.

 

Qoraqalpogʻistonda xususiy bogʻcha ochadigan tadbirkorlarga 7 foizli kredit beriladi

 

Qoraqalpogʻistonda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ochadigan tadbirkorlarga 15-yil muddatga, 5-yillik imtiyozli davr bilan yillik 7 foizli kredit beriladi.

 

Qolgan hududlarda esa kredit stavkasi hududning markazdan uzoqligiga qarab 7 foizdan 15 foizgacha belgilanadi.

 

Nogironligi boʻlgan bolalarning ehtiyojlarini baholash boʻyicha pilot loyiha boshlanadi

 

1-oktyabrdan Xorazm va Navoiy viloyatlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ehtiyojlarini ijtimoiy xodimlar ishtirokida erta va kompleks baholash tizimi tajriba tariqasida yoʻlga qoʻyiladi.

 

2026-2027-oʻquv yilidan maxsus maktablarda taʼlimni har bir bolaning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqadigan individual oʻquv rejasi asosida tashkil etish rejalashtirilgan. 2027-yildan boshlab nogironligi boʻlgan bolalar uchun assistiv vositalarni vaucher asosida taqdim etish koʻzda tutilgan.