Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

Qoraqalpog‘istonda xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, shundan 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Hududda maktabgacha ta’lim qamrovi hozirda 84 foizni tashkil etmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, ayni damda Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Yig‘ilishda hududdagi maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgani qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’a tumanlarida bu ko‘rsatkich hali pastligi ta’kidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shu sababli hududda xususiy bog‘chalar faoliyatini kengaytirishga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Xususan, Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Qolgan viloyatlarda esa xususiy bog‘cha ochish uchun ajratiladigan kreditlarning foiz stavkasi hududning markazdan uzoq yoki yaqinligiga qarab 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda 6 ming yoshni IT va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yilganligi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠