Oʻquvchisi fan olimpiadasi gʻolibi boʻlgan boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 100 mln soʻmgacha mukofot beriladi

Oʻquvchisi fan olimpiadasi gʻolibi boʻlgan boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 100 mln soʻmgacha mukofot beriladi

Oʻquvchisi fan olimpiadasi gʻolibi boʻlgan boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 10 mlndan 100 mlngacha mukofot puli beriladi.

 

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham fan olimpiadalari yoʻlga qoʻyiladi.

 

Keyingi yildan boshlab 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida gʻolib boʻlgan bolalar kompyuter oladi.

 

Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million soʻm mukofot beriladi.

 

Shuningdek, maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda oʻquvchilarning taʼlim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.

Ilgʻor maktab boshqa maktablarga oʻz tajribasini oʻrgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi.