Talabalar uchun Amir Temur nomli davlat stipendiyasi joriy etiladi

Talabalar uchun Amir Temur nomli davlat stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari uchun 2027-2028-o‘quv yilidan boshlab Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif etilmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasida belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyihaga ko‘ra, Amir Temur nomli davlat stipendiyasi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga berilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Har bir oliy ta’lim tashkiloti uchun mazkur stipendiya soni bittadan belgilanishi taklif qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talabgor a’lo o‘qishi, ilmiy yoki ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishi, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etishi, O‘zbekiston tarixi, davlat tili hamda kamida bitta xorijiy tilni bilishi lozim bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, Amir Temur nomli stipendiyaga da’vogarning bitiruv malakaviy ishi Amir Temur va temuriylar merosiga bag‘ishlangan bo‘lishi yoki shu yo‘nalishda kamida ikkita ilmiy ishi e’lon qilingan bo‘lishi taklif etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyihaga muvofiq, tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar hujjatlarini har yili 5–15 sentyabr kunlari my.edu.uz tizimiga yuklaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Stipendiya tayinlash bo‘yicha tavsiyanomalar esa 5–25 oktyabr kunlari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalarni bakalavriatni tugatgandan keyin bir yil ichida magistraturaning kunduzgi ta’lim shakliga tanlovsiz, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish taklif qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠