Vakant (boʻsh) oʻrinlar boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar

Vakant (boʻsh) oʻrinlar boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

 

Kimlar hujjat topshira oladi?

 

Kirish imtihonlarida ishtirok etgan va minimal 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin oʻqishga kira olmagan abitiruyentlar va qabulning tanlov bosqichida yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar bo’sh o’rinlar uchun hujjat topshirishi mumkin.

Nechtagacha yoʻnalish tanlash mumkin?

Fanlar majmuangizga mos keladigan yoʻnalishlarda boʻsh oʻrin boʻlsa, 5 tagacha yoʻnalish, oliy ta’lim muassasasi va istalgan ta’lim shakli – kunduzgi, kechki va masofaviydan birini tanlashi mumkin.

Boʻsh oʻrin uchun qayerdan ariza qoldiraman?

Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali “vakant oʻrinlar uchun ariza berish” boʻlimida ariza topshiriladi.

 

Balim yetsa, grantga kiramanmi yoki kontrakt?

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

 

Qabul qachongacha davom etadi?

Vakant oʻrinlar uchun arizalar 22-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi. Mandat qabul yakunlangach bir hafta ichida e’lon qilinadi.

 

Nega men tanlagan yoʻnalishda boʻsh oʻrin chiqmayapti?

Chunki ayrim yoʻnalishlarda kvota toʻlib boʻlgan va bunday holatda qoʻshimcha oʻringa qabul boʻlmaydi. Faqatgina toʻlmay qolgan oʻrinlar uchun hujjat topshirish mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish