Toshkent shahridagi Prezident maktabiga kirgan o‘quvchilar qaysi o‘quv markazlarida tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahridagi Prezident maktabiga kirgan o‘quvchilar qaysi o‘quv markazlarida tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabiga qabul qilingan o‘quvchilarning qaysi o‘quv markazlarida tayyorlangani bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlandi. Ular orasida Toshkent shahri bilan birga boshqa hududlardan kirgan o‘quvchilar ham bor.

 

Avvalroq, 2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga qabul natijalari e’lon qilingandi. Toshkent shahridagi Prezident maktabiga kirgan o‘quvchilarning qaysi o‘quv markazlarida tayyorlangani bo‘yicha ham ma’lumotlar ochiqlanmoqda.

 

Hozircha Prezident maktablariga tayyorlaydigan 3 ta o‘quv markazi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda jami 31 ta natija qayd etilgan. Ular orasida Toshkent shahridan tashqari, Toshkent viloyati, Navoiy va Surxondaryo hududlaridagi Prezident maktablariga qabul qilingan o‘quvchilar bor.

 

 “Qorako‘l Ziyo” o‘quv markazi — 12 nafar

 

Mazkur o‘quv markaz e’lon qilgan ro‘yxatga asosan, 12 nafar o‘quvchi Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Navoiy shahri hamda Surxondaryo viloyatidagi Prezident maktablariga qabul qilingan.

 

Toshkent shahri:

 

  1. Jamshid To‘rayev — 2-o‘rin
  2. Qurbonboyev Demir — 3-o‘rin
  3. Qo‘chqorov Ravshan — 4-o‘rin
  4. Akramov Islom — 8-o‘rin
  5. Shonazarova Shahina — 9-o‘rin
  6. Juliboyev Xondamir — 12-o‘rin
  7. Burxonov Nurmuhammad — 14-o‘rin
  8. Abduazizov Ne’matulloh — 19-o‘rin
  9. Imron Mirzasoyipov — 24-o‘rin

 

Shuningdek,

  1. Xayrullayev Islom — 1-o‘rin — Navoiy shahri
  2. Choriyorov Elbek — 3-o‘rin — Surxondaryo viloyati
  3. Sultanova Rushana — 15-o‘rin — Toshkent viloyati

 

“Inspiring Education” o‘quv markazi — 11 nafar

 

O‘quv markazi tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, 7 nafar o‘quvchi Toshkent shahar, 3 nafari Termiz shahri va 1 nafari Toshkent viloyatidagi Prezident maktablariga qabul qilingan. Bular:

 

Toshkent shahri:

 

  1. Shonazarova Shahinabonu — 9-o‘rin — 86,5 ball
  2. Juliboyev Xondamir — 12-o‘rin — 85,5 ball
  3. Isomidinov Azizbek — 13-o‘rin — 85,0 ball
  4. Burhonov Nurmuhammad — 14-o‘rin — 85,0 ball
  5. Valijonova Samira — 20-o‘rin — 82,5 ball
  6. Mirhabibov Mirhabib — 21-o‘rin — 82,5 ball
  7. Mirzasoyipov Imron — 24-o‘rin — 82,0 ball

 

Toshkent viloyati:

 

Davronov Abubakir — 12-o‘rin — 78,0 ball

 

Termiz shahri:

 

  1. Yo‘ldoshev Muhammadiso — 11-o‘rin — 78,5 ball
  2. Yo‘ldoshev Zuhriddin — 19-o‘rin — 74,5 ball
  3. Xudoberdiyev Xamid — 21-o‘rin — 74,5 ball

 

“Nexus School” o‘quv markazi — 8 nafar

 

Nexus School ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Prezident maktabiga quyidagi o‘quvchilar kirgan:

 

  1. Qurbonboyev Demir — 3-o‘rin
  2. Ne’matjonov Doston — 6-o‘rin
  3. Rahmonqulov Alisher — 10-o‘rin
  4. Sharofiddinov Sarvarbek — 11-o‘rin
  5. Xolmonov Mustafo — 17-o‘rin
  6. Jiyanov Abdulloh — 18-o‘rin
  7. Adhamxo‘jayev Oybek — 22-o‘rin
  8. Abdivaliyev Mahmudjon — 23-o‘rin

 

Ma’lumotlar o‘quv markazlari tomonidan ochiq e’lon qilingan ro‘yxatlar asosida jamlandi. Ro‘yxatda ayrim o‘quvchilar 2 ta o‘quv markazida tayyorlangani sabab, ismlari qaytalangan.

 

Talimxabarlari.uz tahririyati tomonidan boshqa viloyatlar kesimida ham shunday tahliliy maqola tayyorlanmoqda. Agar shunga o‘xshash nufuzli maktabga tayyorlaydigan o‘quv markazlari bo‘lsa, @talimxabarlariga_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish