Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 15-avgustdan 24-avgustgacha apellatsiya arizasi topshirishlari mumkin. Arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. Buni Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Agentlikka ko‘ra, abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi.
Avvalroq 1-kursga qabul qilinganlar yotoqxonaga qachondan ariza topshirishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edik.
