Sirdaryo viloyati hokimi ish soʻrab murojaat qilgan bitiruvchilarni matematik testdan oʻtkazdi

Sirdaryo viloyati hokimi ish soʻrab murojaat qilgan bitiruvchilarni matematik testdan oʻtkazdi

Sirdaryo viloyati hokimi sayyor qabul davomida ish so’rab kelgan bitiruvchining bilimini o’zi sinab ko’rib, uni mutaxassisligi bo’yicha ish bilan ta’minlay olmasligini bildirdi.

 

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 8-avgust kuni Yangiyer shahri va Xovos tumani fuqarolari uchun tashkil etilgan sayyor qabulda ish soʻrab murojaat qilgan bitiruvchining bilimini matematik misollar orqali sinab koʻrdi.

 

Shundan soʻng Turdimov bitiruvchiga berilgan misollarning toʻgʻri javoblarini oʻzi yozib koʻrsatdi. Hokim uning mutaxassisligi boʻyicha ishlashi uchun bilimi emasligini, lekin uni ishga joylashtirishi mumkinligini aytdi. Hokim bitiruvchiga mutaxassisligi boʻyicha emas, qoʻl mehnatiga asoslangan ish taklif qilishini bildirgan.

 

Shu kuni sayyor qabul davomida aholini qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalardan iborat 230 dan ortiq murojaat tinglangan. Qabulda viloyat hokimi rahbarligida tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etgan.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish