Bugungi kunda yurtimizda 112 ta oliygohlarda 338 ta TTJlar mavjud. Ular o‘z bag‘riga 127 mingdan ortiq talabalarni sig‘dira oladi.
Bu ko‘rsatkich 2020- yilda 59 346 o‘rin bilan, turar joy ta’minlanishining 28 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yil 41 foiz, 2022-yilda 47 foizga ko‘tarilgan.
O‘tgan 2023-yilda esa 18 ming yotoq o‘rinli talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshirilgan. Bu bilan ta’minlash darajasi 54 foiz ko‘rsatkichiga yetgan.
Hozirda respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 31 882 o‘rinli 59 ta davlat-xususiy sheriklik asosida, 14 370 o‘rinli 27 tasi oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari doirasida barpo etilmoqda.
2026- yilda yotoqxonalar sig‘imi 182 616 o‘ringa yetkazilib, ta’minlash darajasi 68 foizdan oshirilishi ko‘zda tutilgan.