Toshkent shahar IIBB talabalarni ijarachi firibgarlardan ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB talabalarni ijarachi firibgarlardan ogohlantirdi

Toshkent shahar IIB talabalar va ularning ota-onalarini internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta ijara e’lonlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Firibgarlar arzon narxda xonadon taklif qilib, oldindan to‘lovni olganidan so‘ng jabrlanuvchini bloklashi mumkin.

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi talabalar va ularning ota-onalarini internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda uy-joy ijarasi bo‘yicha tarqatilayotgan yolg‘on e’lonlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, firibgarlar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan xonadonlarning fotosuratlarini e’lon saytlariga joylashtirib, ularni bozordagidan ancha arzon narxda taklif qilishi mumkin. Arzon narxga ishongan fuqarolardan esa uyga ko‘chib kirishdan oldin pul o‘tkazib berish so‘raladi.

 

Pul o‘tkazilganidan so‘ng firibgarlar yozishmalarni o‘chirib, jabrlanuvchini bloklab qo‘yishi mumkin. Bunda e’lon qilingan xonadon aslida firibgarga umuman tegishli bo‘lmaydi.

 

IIB fuqarolarga ijara uyini tanlashda shoshilmaslikni tavsiya qilmoqda. Xonadonni ijaraga olishdan avval uy egasi bilan shaxsan uchrashib, uyni borib ko‘rish va ijara shartnomasini rasmiylashtirish lozim.

 

Avvalroq, O‘zbekistonda kvartira narxlari o‘sishda davom etayotgani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi choragida yangi qurilgan kvartiralar bir yilda 7,1 foizga, umumiy kvartiralar narxi esa 5,5 foizga oshgan. Shu bilan birga, narxlar o‘sishi poytaxtdan tashqari hududlarda ham yuqori sur’atlarda kuzatilmoqda.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish