1-sinf oʻquvchilariga “Prezident sovgʻalari” 25-avgustga qadar yetkaziladi

1-sinf oʻquvchilariga “Prezident sovgʻalari” 25-avgustga qadar yetkaziladi

Yangi oʻquv yilida 1-sinfga qabul qilinayotgan oʻquvchilar uchun tayyorlangan “Prezident sovgʻalari”ni hududlarga yetkazish boshlandi. Oʻquv qurollari 15-avgustga qadar barcha hududlarga, 25-avgustga qadar esa maktablarga toʻliq yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilida mamlakatdagi 10 225 ta umumta’lim maktabida 550 mingdan ortiq o‘qituvchi 6,7 milliondan ziyod o‘quvchiga ta’lim berishi kutilmoqda.

 

Joriy o‘quv yilida 795 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. 5-avgust holatiga ko‘ra, ulardan 680 ming nafari yoki rejaning 85 foizi maktablarga qabul qilingan.

 

1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” to‘plami 12 nomdagi o‘quv qurolidan iborat. Unga o‘quv sumkasi, daftarlar, ruchka, oddiy va rangli qalamlar, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yoqlari, yelim va qalamdon kiritilgan.

 

Mazkur o‘quv qurollari 15-avgustga qadar barcha hududlarga, 25-avgustga qadar esa maktablarga qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda to‘liq yetkazilishi rejalashtirilgan.

 

“Prezident sovg‘alari” “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan so‘ng 1-sinf o‘quvchilariga tantanali ravishda topshiriladi. Shuningdek, ular nodavlat maktablar hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ham beriladi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, har bir 1-sinf o‘quvchisini o‘z vaqtida o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida adm.maktab.uz elektron platformasi orqali maktablar kesimida o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish