2026-yil 7-avgust kuni o‘tkaziladigan kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati e’lon qilinmoqda. Sinovlarda stajyor-o‘qituvchilar, stajyor-tarbiyachilar, psixologlar, mutaxassislar hamda avvalgi sinovlardan o‘ta olmagan ayrim pedagoglar ishtirok etadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari joriy yil 7-avgust kuni o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Sinovlar respublikaning 14 ta hududida tashkil etilib, ishtirokchilarga 50 ta test topshirig‘i taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ilk bor ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar hamda tegishli malaka toifasiga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etishni nazarda tutadi.
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar nazorat sinovi topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Faylni yuklash
Andijon viloyati – Faylni yuklash
Buxoro viloyati – Faylni yuklash
Jizzax viloyati – Faylni yuklash
Qashqadaryo viloyati – Faylni yuklash
Navoiy viloyati – Faylni yuklash
Namangan viloyati – Faylni yuklash
Samarqand viloyati – Faylni yuklash
Sirdaryo viloyati – Faylni yuklash
Surxondaryo viloyati – Faylni yuklash
Toshkent viloyati – Faylni yuklash
Fargʻona viloyati – Faylni yuklash
Xorazm viloyati – Faylni yuklash
Toshkent shahri – Faylni yuklash
Ma’lumot uchun: ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
Kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan ushbu link orqali tanishishingiz mumkin.
