She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani 27-maktab bitiruvchisi Qo‘yliyeva Madinabonu Abdualim qizi maktabni a’lo baholarga tamomladi. Yosh shoira bugungi kunda nafaqat she’rlar, balki hikoyalar ham yozmoqda. Uning 2-kitobi ham yaqin oylarda nashrdan chiqishi kutilmoqda. Talimxabarlari.uz sayti muxbiri mazkur o‘quvchi bilan sertifikatga tayyorgarlik jarayoni va rejalari haqida suhbatlashdi.

 

Muvaffaqiyatlar tasodifan kelmaydi. Ular yillar davomida shakllangan odatlar, kitobga muhabbat va tinimsiz mehnat natijasida qo‘lga kiritiladi. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining Ayzabod qishlog‘ida tug‘ilgan, Qarshi tumani 27-maktab bitiruvchisi Qo‘yliyeva Madinabonu Abdualim qizi ana shunday yoshlardan biri.

 

U qisqa muddat ichida turk tilidan CEFR B2, ona tili va adabiyot fanidan B+ hamda tarix fanidan B darajali milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Yosh shoira bugungi kunda nafaqat she’rlar, balki hikoyalar ham yozmoqda. Uning ikkinchi kitobi ham yaqin kunlarda nashrdan chiqish arafasida.

 

Madinabonu aytishicha, u bolaligidan buvisi va bobosi tarbiyasida ulg‘aygan. Aynan buvisi unda she’riyatga bo‘lgan mehrni uyg‘otgan.

 

Buvim menga yoshligimdan she’rlar yodlatardilar. Esimda, 5 yoshimda “Jangchi Tursun” balladasini yod olganman. Maktabga chiqqach esa she’r yozishga qiziqib qoldim. Hammasini bobom bilan buvim erinmay eshitishardi, — deydi u.

 

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat
maktabdan shahodatnomasi
She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat
ilk she’riy kitobi

Gazetadagi ilk she’rlardan mualliflik kitobgacha

 

Madinabonuning dastlabki ikki she’ri u 8-sinfda o‘qiyotganida “Sadoqat” gazetasida chop etilgan.

 

Oilasining qo‘llab-quvvatlashi bilan 10-sinfda o‘zining ilk she’riy kitobini nashr ettirgan. Kitob taqdimoti 2025-yil 1-mart kuni bo‘lib o‘tgan.

 

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat
“Sadoqat” gazetasidagi she’rlari

Eng e’tiborlisi, sotuvga chiqarilgan kitoblarining barchasini maktabdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sovg‘a qilgan.

 

Bolalar kitob o‘qishga qiziqsin, deb kitoblarimni ularga hadya qilganman.

 

Bugungi kunda uning she’rlari turli gazetalarda muntazam chop etib kelinmoqda.

 

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat

 

 

Abituriyentning ta’kidlashicha, ona tili fanidan sertifikatga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishi yanada ortgan.

 

Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, har kuni kamida 100 bet kitob o‘qishni odat qildim, — deydi Madinabonu.

 

Bugungi kunda u o‘z uyida shaxsiy kutubxona tashkil qilgan. Repetitorlik mashg‘ulotlaridan so‘ng Qarshi davlat universiteti kutubxonasiga borib, kechgacha kitob mutolaa qilgan va dars tayyorlagan.

 

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat

 

Qisqa muddatda 3 ta sertifikat

 

10-sinfning o‘rtalarida oliy ta’limga kirish maqsadini aniq belgilagan yosh ijodkor o‘z oldiga yangi vazifalarni qo‘ygan.

 

Natijada:

 

  • ona tili va adabiyot fanidan 9 oyda B+;
  • turk tilidan atigi 5 oyda CEFR B2;
  • tarix fanidan 2 oyda B darajali milliy sertifikatga ega bo‘ladi.

 

Madinabonuning aytishicha, sertifikatlarga tayyorgarlik jarayonida ham ijoddan uzoqlashmagan. U bir vaqtning o‘zida maktab fanlari, kitob mutolaasi va ijod bilan shug‘ullanishga harakat qilgan.

 

Endi hikoyalar ham yozmoqda

 

Bugun Madinabonu faqat she’r yozish bilan cheklanmayapti. U hikoyalar ustida ham ishlamoqda.

 

Yaqin oylar ichida uning ikkinchi kitobi sentyabr-oktyabr oylarida nashrdan chiqishi rejalashtirilgan. Mazkur kitobga muallifning o‘zi yozgan ta’sirli hikoyalardan biri ham kiritiladi.

 

Shuningdek, kitobni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va yozuvchi Temirpo‘lat Tillayev o‘qib, unga ijobiy taqriz yozgan.

 

She’riy kitob, 3 ta sertifikat va “a’lo” bitiruvchi: kelajakda o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishni maqsad qilgan yosh ijodkor bilan suhbat
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va yozuvchi Temirpo‘lat Tillayev taqrizi

 

Madinabonu bu yil Qarshi davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi.

 

Kelajakda esa nafaqat ijod qilish, balki o‘ziga o‘xshagan kitobsevar, ijodkor va bilimli yoshlarni tarbiyalashni orzu qiladi.

 

Kelajakda o‘qituvchi bo‘lib, kitobxon va ijodkor shogirdlar yetishtirishni istayman. Shu maqsad yo‘lida harakat qilyapman, — deydi yosh ijodkor.

 

Madinabonuni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!

 

Avvalroq, qashqadaryolik abituriyent qiz 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan avval talaba bo‘lgani haqida xabar bergan edik.