2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida sport, jurnalistika, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi. Endilikda imtihon jarayonlari maxsus onlayn platforma orqali jonli efirda namoyish etiladi.
2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish platformasi ishga tushirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, oliy ta’lim tashkilotlarining sport, jurnalistika, madaniyat va san’at ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.
Mazkur platforma imtihon jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, shuningdek, ota-onalar, kuzatuvchilar hamda keng jamoatchilikka imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratish maqsadida ishga tushirilgan.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni onlayn kuzatish uchun imtihon.edu.uz platformasidan foydalanish mumkin.
Avvalroq, abituriyentlarning test ballari va yakuniy natijalar qachon chiqishi haqida xabar bergan edik.
