Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni endi onlayn kuzatish mumkin

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni endi onlayn kuzatish mumkin

2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida sport, jurnalistika, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Endilikda imtihon jarayonlari maxsus onlayn platforma orqali jonli efirda namoyish etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish platformasi ishga tushirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, oliy ta’lim tashkilotlarining sport, jurnalistika, madaniyat va san’at ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur platforma imtihon jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, shuningdek, ota-onalar, kuzatuvchilar hamda keng jamoatchilikka imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratish maqsadida ishga tushirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni onlayn kuzatish uchun imtihon.edu.uz platformasidan foydalanish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, abituriyentlarning test ballari va yakuniy natijalar qachon chiqishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠