2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 5 690 ta maktabda onlayn tashkil etiladi

2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 5 690 ta maktabda onlayn tashkil etiladi

2026-2027-o‘quv yilida 5 600 dan ortiq maktablarga 1-sinfga qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

 

2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari respublika bo‘ylab 5 690 ta maktabda onlayn shaklda amalga oshiriladi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilda 135 ta tuman va shahardagi 5 690 ta umumta’lim maktabida 1-sinfga qabul onlayn tarzda tashkil etiladi. Mazkur ko‘rsatkich respublikadagi barcha maktablarning qariyb 60 foizini tashkil etadi.

 

Mazkur maktablar ro‘yxati — bu yerda

 

Shuningdek, Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi maktablarda 1-sinfga qabul jarayonlari to‘liq, ya’ni 100 foiz onlayn shaklda amalga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan boshlanadi. Bu yil 795 mingdan ortiq bolalarni 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilmoqda. 2026-2027 o‘quv yilida ham 7 yoshga toֹ‘ladigan bolalar qabul qilinadi.

 

Avvalroq, 5-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul tartibi, tizimdagi o‘zgarishlar va ayrim savollarga javob bergan edi.

 

2026–2027 oʻquv yilida umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul tartibi — Faylni yuklash