2026/2027-o‘quv yili uchun muhandislik maktablariga qabul davom etmoqda. Nomzodlar uchun kirish imtihonlari matematika, algebra, geometriya, fizika va ingliz tili fanlaridan tashkil etiladi.
Xabar berganimizdek, 15-maydan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi muhandislik maktablariga hujjatlar qabuli boshlangan.
Muhandislik maktablariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkaziladi?
Ixtisolashtiligan ta’lim muassasalari agentligining xabar berishicha, muhandislik maktablariga kirish imtihonlari bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
Muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha:
– 7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
– 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun – Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Avvalroq, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport maktablari va “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
