2026-2027-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar qaysilar?

2026-2027-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar qaysilar?

O‘zbekistonda 2026-2027-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatiga 303 ta maktab kiritildi. Eng ko‘p maktablar Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026-2027-oʻquv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

 

Mazkur ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatiga 303 ta maktab kiritilgan. O‘tgan yili ushbu maktablar soni 470 tani tashkil etgan edi. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 167 taga qisqargan.

 

Bunday maktablarning eng ko‘pi — 65 tasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan.

 

Qolgan hududlarda ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar soni quyidagicha:

 

Samarqand viloyatida — 57 ta;

 

Surxondaryo viloyatida — 52 ta;

 

Qoraqalpog‘istonda — 20 ta;

 

Jizzax viloyatida — 19 ta;

 

Toshkent viloyatida — 18 ta;

 

Farg‘ona viloyatida — 18 ta;

 

Namangan viloyatida — 14 ta;

 

Andijon viloyatida — 12 ta;

 

Navoiy viloyatida — 10 ta;

 

Sirdaryo viloyatida — 8 ta;

 

Xorazm viloyatida — 7 ta;

 

Buxoro viloyatida — 3 ta.

 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarga maxsus ustamalar joriy etilgan.

 

Unga ko‘ra, bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

 

— bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

 

— boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz ustama.

 

Shuningdek, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb etilishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati bilan quyidagi havolada batafsil tanishishingiz mumkin.