Toshkentda oliygohga va ishga kiritib qo‘yish uchun 5,5 ming AQSH dollari talab qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda oliygohga va ishga kiritib qo‘yish uchun 5,5 ming AQSH dollari talab qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentdagi universitetlardan biriga o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish evaziga 5,5 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan firibgar ushlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalidagi xabar rasmida «Toshkent shahridagi INHA universitetining ‘‘kompyuter sohasi’’ bo‘yicha ixtisoslashgan fakultetiga kiritib qo‘yish va keyinchalik oliygohning ushbu yo‘nalishini tamomlagach, Ichki ishlar tizimida ishlovchi tanishlari orqali Ichki ishlarning ‘‘Kiber xavfsizlik’’ xizmatiga ishga kiritib qo‘yish uchun 5,5 ming AQSH dollari» deb keltirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

 

Avvalroq, ishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotgan texnikum talabasi ushlangani haqida xabar bergan edik.