12 yoshida magistr diplomini qo‘lga kiritgan meksikalik qizning IQ darajasi Eynshteyn va Xokingnikidan yuqori chiqdi

12 yoshida magistr diplomini qo‘lga kiritgan meksikalik qizning IQ darajasi Eynshteyn va Xokingnikidan yuqori chiqdi

Meksikalik Adhara Peres Sanches 12 yoshida muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini qo‘lga kiritdi. Uning IQ darajasi 162 ekani aniqlanib, bu ko‘rsatkich Albert Eynshteyn va Stiven Hokingnikidan yuqori deb baholandi.

 

Meksikalik Adhara Peres Sanches juda yoshligidayoq noodatiy intellekti bilan dunyo e’tiborini tortdi. Uning IQ darajasi 162 ekani aniqlanib, bu ko‘rsatkich Albert Eynshteyn va Stiven Hokingnikidan yuqori deb topilgan.

 

Ma’lumot uchun, IQ darajasi 130 bo‘lgan insonlar odatda iqtidorli hisoblanadi.

 

Adhara kambag‘al oilada tug‘ilgan. Unga 3 yoshida autizm tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli qizaloq boshqa bolalar bilan muloqot qilishda qiynalgan va maktabda ko‘p bora masxara qilingan. Keyinchalik onasi uni uyda ta’lim olishga o‘tkazadi.

 

Maktabni tark etganidan so‘ng, Adhara uyda maxsus ta’lim dasturi asosida o‘qishni boshlaydi. U uyda mustaqil ravishda algebra va kimyo fanlarini o‘rganadi, Mendeleyev jadvalini yod oladi hamda murakkab matematik formulalarni tushuna boshlaydi.

 

Hamma ustidan kulgan 8 yoshli qizaloq Eynshteyndan ham aqlliroq chiqdi

 

Qizining noodatiy iqtidori va bilimlarini sezgan onasi uni iqtidorli bolalar maktabiga beradi. U yerda mutaxassislar Adharaning qobiliyatini tasdiqlab, turli sinovlar, jumladan IQ testini ham o‘tkazadi.

 

“Biz terapiya olgan psixiatr bizga iqtidorli bolalar bilan shug‘ullanuvchi markazga murojaat qilishni tavsiya qildi. Adhara turli sinovlardan, jumladan IQ testidan ham o‘tdi. Uning natijalari hayratlanarli bo‘ldi — 162 ball”, — deydi qizning onasi.

 

Adhara juda qisqa vaqt ichida katta yutuqlarga erishgan. U 5 yoshida boshlang‘ich maktabni tugatgan, 7 yoshiga kelib esa o‘rta va yuqori sinf dasturlarini ham o‘zlashtirgan. Keyinchalik, 8 yoshida maktabni tamomlab, 11 yoshida muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan.

 

12 yoshida magistr diplomini qo‘lga kiritgan meksikalik qizning IQ darajasi Eynshteyn va Xokingnikidan yuqori chiqdi

 

12 yoshida esa magistr diplomini olgan. Shu bilan birga, u 9 yoshigacha bo‘lgan davrda kitob yozishga ham ulgurgan. Hozirda u 14 yoshda bo‘lib, Meksika kosmik agentligi bilan hamkorlik qilmoqda.

 

Adhara kelajakda University of Arizona’da astrofizika yo‘nalishida tahsil olib, NASA astronavtiga aylanishni orzu qilmoqda.