Namanganda 11-sinf o‘quvchisi unashtirilgan yigiti tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Namanganda 11-sinf o‘quvchisi unashtirilgan yigiti tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 11-sinf oʻquvchisi boʻlgan qizning oʻlimi bilan bogʻliq holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 6-may kuni soat 08:30 larda sodir bo‘lgan. 28 yoshli N.M. o‘zi bilan unashtirilgan 18 yoshli qiz Q.I. bilan rashk tufayli o‘zaro janjallashib, uni o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan pichoq bilan qizning ko‘krak va qorin qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazib voqea joyidan ketib qolgan.

 

Oqibatda qiz olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan hamda daliliy ashyolar olingan, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchi fuqaro N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Avvalroq, Namanganda maktab o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanayotganligi haqida xabar bergane dik.