Qanday mukofotlar pedagoglarning malaka toifasini oshirishga imkon beradi?
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga koʻra, quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻonaga oshiriladi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar; “Ustoz” milliy mukofoti gʻoliblari; Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari; respublika miqyosidagi […]