5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish qachondan boshlanadi?

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish qachondan boshlanadi?

Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun ayrim toifadagi xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalarni qabul qilish muddatlari va tartibi yaqin kunlarda e’lon qilinadi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berdi.

 

Prezidentning 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun quyidagi toifadagi xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilishi belgilangan:

 

  • mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji bor, ammo oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar (qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun);

 

  • ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar (qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun).

 

“Hozirgi vaqtda mazkur xizmatlarni tizimda to‘liq va sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnik sozlash hamda amaliyotga joriy etish ishlari yakunlanmoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.