1-maydan 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlanadi

1-maydan 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlanadi

1-may sanasidan 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish boshlanadi.

 

Qonunchilikka ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumoti bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasini olishlari mumkin.

 

Tavsiyanoma olish uchun  xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuboriladi. Arizada doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tanlanadi.

1-maydan 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlanadi

Imtiyoz olmoqchi bo’lgan talabgorlarning ish staji bo’yicha ma’lumotlari my.mehnat.uz (Yagona milliy mehnat tizimi) orqali tekshiriladi. Bundan tashqari, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomi diplom.edu.uz sayti orqali tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

 

Muhim eslatma! Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar ham davlat OTMlariga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etadi. Faqat ular  umumiy tartibda emas, balki imtiyoz uchun ajratilgan alohida 500 ta kvota doirasida o‘zaro kurashadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish