Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yil 28 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro H.D tuman IIB ga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi O.O (2013-yilda tug‘ilgan qiz bola) tumandagi umumta’lim maktabi 6-sinfda o‘qishi, mazkur maktabning o‘qituvchisi T.Sh (1973 yilda tug‘ilgan erkak) uning farzandiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganligini bildirgan.
Bolalar ombudsmani ushbu holatni nazoratiga olganini ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi T.Sh protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
